Sport | 16:37 / 02.09.2024
13787
1 daqiqa o‘qiladi
Bobur Omonov - ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni
Parij paralimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi para yengil atletikadan navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
F41 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, ikki karra chempionga aylandi.
E’tiborlisi, 23 yoshli sportchi Tokioda o‘zi o‘rnatgan rekordini yangiladi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 14 taga yetdi — 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.
Mavzuga oid
16:11 / 02.09.2024
Nurxon Qurbonova Paralimpiya o‘yinlaridagi uchinchi medalini qo‘lga kiritdi
09:59 / 26.10.2023
Bobur Omonov Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatib oltin medalga sazovor bo‘ldi, veloshosseda bronza
10:05 / 12.09.2021
G‘oliblik ortidagi ko‘rinmas mashaqqatlar. Paralimpiada qahramonlari bilan tanishuv
09:19 / 13.02.2021