Jahon | 12:52 / 02.09.2024
2692
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi mahalliy saylovda urushdan keyingi tarixda birinchi marta o‘nglar g‘alaba qozondi

Turingiya federal yerida Landtag (yer parlamenti)ga saylovlarda «Germaniya uchun muqobil» yetakchilik qilmoqda. 

Foto: AFP

Germaniyaning sharqiy qismidagi Turingiya federal yerida Landtag (yer parlamenti)ga saylovlarda o‘ta o‘ng «Germaniya uchun muqobil» (GuM) partiyasi g‘alaba qozondi

Buni Germaniyaning ARD jamoat televideniyesining ekzitpol ma’lumotlari tasdiqlaydi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, «Germaniya uchun muqobil» 30,5 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. 

Shu tariqa, urushdan keyingi tarixda birinchi marta o‘ta o‘ng partiya Germaniyada yer saylovlarida birinchi o‘rinni egalladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid