Rossiyadagi YTHda O‘zbekistonning 8 fuqarosi halok bo‘ldi
Hodisa Samara-Moskva trassasining Nijyegorodsk oblasti hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. Ichida O‘zbekistonning 11 nafar fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etgani aytilmoqda.

Foto: Nijyegorodsk viloyati politsiyasi
Rossiyaning Nijyegorodsk viloyatida o‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus halokatga uchragan. Nijyegorodsk viloyati politsiyasining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 1 sentabr kuni sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli tojikistonlik haydovchi Hyundai mikroavtobusining boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng mikroavtobus to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
Oqibatda uning ichida bo‘lgan 11 nafar o‘zbekistonliklarning 8 nafari halok bo‘lgan. Haydovchi va yana 3 nafar o‘zbekistonlik tan jarohatlari olgan. Xabarda haydovchi va yo‘lovchilarning ism-shariflari oshkor qilinmagan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 264-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 11 yanvar kuni ham Rossiyaning Penza oblastida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan JAC miniveni qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Volvo rusumli yuk mashinasiga urilgandi. YTH oqibatida minivendagi yetti kishi, jumladan haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan, shifoxonada yana bir kishining joni uzilgandi. Jarohatlangan yana bir kishi shifoxonada qolmoqda. Qurbonlarning jasadlari o‘tgan haftaning shanba kuni O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy-transport samolyoti orqali vatanga qaytarilgandi.
Shuningdek, 2024 yil 16 yanvar kuni Samara viloyatida ichida 7 nafar o‘zbekistonliklar bo‘lgan Lada Largus va «Gazel» yuk mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergandi. YTH oqibatida Largus yo‘lovchilari bo‘lgan uch kishi halok bo‘lib, yana to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgandi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal
Jahon | 22:14
-
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 22:06
-
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
Jamiyat | 21:51
-
TikTok o‘smirlar uchun cheklovlarni joriy etmoqda
Jahon | 21:50
Mavzuga oid

16:19
Jizzaxda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi

19:53 / 12.03.2025
Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21 / 11.03.2025