Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik sportchi Tomashova London Olimpiadasi medalidan mahrum etildi
Rossiyalik Tatyana Tomashova antidoping qoidalarini buzgani uchun o‘n yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Rossiyalik sportchi Tatyana Tomashova antidoping qoidalarini buzgani uchun o‘n yilga diskvalifikatsiya qilindi va 2012 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining kumush medalidan mahrum etildi. Tegishli qaror 3 sentabr, seshanba kuni Shveytsariyaning Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudi (CAS) tomonidan qabul qilindi.
Sud Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining (World Athletics, WA) 49 yoshli sportchiga qarshi arbitraj ishini ko‘rib chiqayotgan edi.
Namunalarda anabolik steroidlar topilgan
2012 yil 21 iyun va 17 iyuldagi musobaqadan tashqari olingan namunalarda sportchida anabolik steroidlar borligi aniqlandi, deya xabar beradi CAS.
2008 yilda Tomashova doping namunalarini o‘zgartirganlikda gumon qilinib, ikki yil-u to‘qqiz oyga musobaqalardan chetlashtirildi. Shu munosabat bilan, CAS endi shunday uzoq muddat diskvalifikatsiyani joriy etdi.
2012 yil 21 iyundan 2015 yil 3 yanvargacha bo‘lgan barcha natijalar bekor qilindi
Sportchining 2012 yil 21 iyundan 2015 yil 3 yanvargacha bo‘lgan davrdagi barcha natijalari bekor qilindi.
Tomashova dastlab Londonda 1500 metrga yugurishda to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi, biroq turkiyalik sportchilar doping uchun medallaridan mahrum etilgach, u uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Endi kumush Abeba Aregaviga (Efiopiya), bronza Shennon Rouberiga (AQSh) nasib etdi, deb xabar berdi SID agentligi.
Tomashova 2004 yilda Afinada bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining kumush medali sovrindori, 2003 va 2005 yillarda ikki karra jahon chempioni bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025