O‘zbekiston | 07:14 / 04.09.2024
8852
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi ustunga borib urilgan Cobalt yonib ketdi

Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib yoritkich ustunlariga to‘qnashgan. Natijada avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

2024 yilning 3 sentabr kuni soat 21:00 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi 2002 yilda tug‘ilgan S.X. harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib yoritkich ustunlariga to‘qnashgan. Natijada avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Mavzuga oid