Kapitalbank 1-yarim yillikda 775 milliard so‘mdan ortiq sof foyda ko‘rdi
Kapitalbank 1-yarim yillik yakunini sarhisob qilib, sof foyda ko‘rsatkichlarini yangiladi. 2024 yilning 6 oyida mamlakatimizdagi eng yirik xususiy banklardan biri 775,592 milliard so‘m sof foydaga erishdi, shuningdek, o‘z kapitali va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar o‘sishini namoyon qildi.
Bankning aktivlari va kredit portfeli barqarorligicha qolmoqda, shu bilan birga, samarali boshqaruv tufayli bank daromadliligini oshirdi va mamlakat banklari orasida sof foyda bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, 1-yarim yillik yakunlariga ko‘ra, «Kapitalbank» xususiy kompaniyalar orasida eng yirik 5 soliq to‘lovchilar qatoriga kirdi.
“Mijozlarimiz uchun asosiysi – asosiy ko‘rsatkichlarning barqarorligi va, albatta, bank ko‘rsatayotgan xizmatning sifati.
Bugungi kunda O‘zbekistonning 2 milliondan ortiq xususiy mijozlari va 80 mingdan ortiq tadbirkorlari bizga ishonch bildirmoqda. Va biz nafaqat xususiy foydalanuvchilar, balki tadbirkorlar uchun ham ishonchli hamkor bo‘lib qolamiz, turli xil masalalarga yechim bo‘la oladigan — ko‘chmas mulk sotib olishdan tortib aylanma kapitalni subsidiyalashgacha bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni taklif qilamiz”, – deydi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.
Bugungi kunda Kapitalbankning tadbirkor mijozlari o‘z biznesini muvaffaqiyatli yuritish uchun qulay xizmatlardan foydalanishlari mumkin: Uzum Business onlayn-banki, bank ofisiga bormasdan hisobvaraq ochish (Toshkent shahrida), yagona aloqa markazi, maxsus texnika sotib olish uchun kreditlar, shuningdek jismoniy shaxslar uchun mavjud bo‘lgan onlayn xizmatlar ro‘yxati kengaytirildi - masalan, kredit to‘lovini bankning saytida yoki bank ilovasida amalga oshirish mumkin.
Kapitalbankning oflayn xizmatlaridan butun respublika bo‘ylab 95 ta filialda foydalanish mumkin. Siz Kapitalbank ilovasi orqali bankning onlayn xizmatlaridan foydalanishingiz, shuningdek, Kapitalbankning respublika bo‘ylab joylashgan 1,5 mingta bankomatlari orqali xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz, naqd pul yechib olishingiz yoki kartani to‘ldirishingiz, kredit uchun to‘lov qilishingiz yoki valuta ayirboshlashingiz mumkin.
Reklama
Mavzuga oid
17:00 / 19.11.2024
Kapitalbank bilan biznes: tadbirkor ayollarning muvaffaqiyatlari tarixi
17:00 / 05.11.2024
Kapitalbank bilan biznes: O‘zbekiston tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari tarixi
17:00 / 24.10.2024
Kapitalbank Raiffeisenbank International AG mukofotiga sazovor bo‘ldi
17:00 / 23.10.2024