Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va KXDR o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Futbol bo‘yicha JCh saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston va KXDR uchrashuvi sabab soat 23:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.
5 sentabr kuni O‘zbekiston va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida futbol bo‘yicha JCh-2026 saralashi 3-bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ba’zi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar qildi.
Ko‘cha va chorrahalar:
- Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Cheklov 17:00 dan soat 23:00 gacha davom etadi.
«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», — deyiladi YHXB xabarida.