Samarqandda Nexia-2 mashinasi yonib ketdi
Nexia-2 yo‘l chetida yoqilg‘isi tugab to‘xtab turgan Volga mashinasiga kelib urilgan va yong‘in chiqqan.

Foto: IIB
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia mashinasi yonib ketdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 4 sentabr kuni sodir bo‘lgan.
Nexia-2 shaharning Bo‘stonsaroy ko‘chasida harakatlanib kelib yo‘lning o‘ng tomonida yoqilg‘isi tugab to‘xtab turgan "Volga" mashinasining orqa qismiga kelib urilgan.
Oqibatda Nexia-2da yong‘in sodir bo‘lgan va mashinaning asosiy qismi yonib ketgan. Yong‘in Samarqand shahar FVB xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:27
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025