O‘zbekiston | 13:08 / 05.09.2024
1699
2 daqiqa o‘qiladi

Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. 

«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq:

  • O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlaridan ushbu turdagi o‘simliklarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish va tiklash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida ularni tabiiy muhitdan ajratib olgan holda foydalanilishi mumkin;
  • Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining urug‘lari, ko‘chatlari hamda nihollari pitomniklarda va plantatsiyalarda yetishtirilib, tabiiy muhitga ekilganidan keyin uch yil o‘tmasdan avval ularning urug‘larini yig‘ish yoki hosilini olish taqiqlanadi;
  • yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni boshqa joylarga ko‘chirishga, shuningdek ularni duragaylashga belgilangan tartibda Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda, Ekologiya vazirligining qaroriga ko‘ra ilmiy hamda xo‘jalik maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi;
  • tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan davlat o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraxtlar hamda butalarni kesish Ekologiya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida haq to‘lanmasdan amalga oshiriladi. 

 

Mavzuga oid