Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha qishloqlaridagi uylarning biridan radioaktiv moddalar topildi
Ushbu moddalar uydagi kichik plastik idishlar va bankalarda saqlangan. Rasmiylarga ko‘ra, yaqin atrofdagi hududlarni evakuatsiya qilish talab etilmaydi.
Polsha hukumati mamlakat g‘arbidagi uydan topilgan 50 ta konteyner ichidagi potensial radioaktiv moddalar bo‘yicha tergov olib bormoqda. Rasmiylarga ko‘ra, yaqin atrofdagi hududlarni evakuatsiya qilish talab etilmaydi.
Kimyoviy xatarlarga qarshi kurash bo‘linmasining o‘t o‘chiruvchilari 6 sentabr kuni tongda Germaniya bilan chegaradan taxminan 100 kilometr uzoqlikdagi Sedlets qishlog‘ida joylashgan uydan topilgan moddalarni tekshirish uchun chaqirilgan.
«Tergov davom etmoqda. Bu xususiy mulkda, garajli turar-joy binosida sodir bo‘ldi. Bizda 50 xil potensial nurlanish manbalari haqida ma’lumot bor», — deydi o‘t o‘chiruvchilar vakili Martin Xalash.
Uning qo‘shimcha qilishicha, gap radiy haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. «Hozirda bu faqat radiymi yoki boshqa moddalar ham bor-yo‘qligi aniqlanmoqda», — deydi Xalash.
Mahalliy politsiya vakili Voysex Adamchikning aytishicha, ushbu moddalar uydagi kichik plastik idishlar va bankalarda saqlangan. Ularda «inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan miqdorda» radioaktivlik alomatlari aniqlangan.
«Biz bu moddalar nima ekanini va ularga qonuniy egalik qilishga ruxsat bor-yo‘qligini aniqlashimiz kerak», — deydi politsiyachi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025