Diametri 40,5 metr, balandligi 22 metr: Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan o‘tovdan reportaj
Nukus shahridagi “Oqqush” me’morchilik kompleksida joylashgan o‘tov dunyodagi eng kattasi deya baholanib, Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. 22 avgust kuni komissiya a’zolari rasmiy sertifikatni topshirdi. Kun.uz qoraqalpoq milliy qora uyining qanday qilib bu natijaga erishgani xususida material tayyorladi.
Bundan 5 oycha avval “Oqqush” me’morchilik kompleksining bu qismi quruq yerdan iborat bo‘lgan. Ishlarga bosh-qosh bo‘lganlarning aytishicha, oxirgi 4 oyda ish kun-u tun davom etdi. O‘tov qurish boshlanishidan avval uni Ginnessning rekordlar kitobiga kiritish taklifi bildirilgan, so‘ngra rasmiy ariza jo‘natilgan. Ma’lum bo‘lishicha, komissiya o‘tov qurilishidan tortib, bitguniga qadar har bir ishdan boxabar bo‘lib turgan.
O‘tovning dizayniga to‘xtalsak, deyarli hamma joyida qoraqalpoq milliy naqshlari bor. Loyiha ustida nukuslik yosh arxitektor-dizaynerlar ishlagan. O‘tovning diametri 40.5 metr, balandligi esa 22 metr. Uni qurishda injyener-arxitektorlar Toshkentdan chaqirilgan. Chunki bunday kattalikdagi o‘tovni ustunlarsiz qurish imkonsizdek tuyulgan, so‘ngra muhandislik tomonlama aniq yechimlar berilgach, rekordlar kitobi komissiyasi ham buni qabul qilgan.
Nukusdagi «Savitskiy» muzeyi Etnografiya bo‘limi boshlig‘i Aygul Pirnazarovaga ko‘ra, o‘tovning rekord o‘rnatishi bu - qoraqalpoqlar milliyligini dunyoga tanitish bilan teng. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu naqshlar qoraqalpoq milliy kashtasi va matolaridan olingan.
Mavzuga oid
14:27 / 27.08.2024
Xorijdagi qoraqalpoq diasporalari vakillari Nukusda yig‘ildi - foto
07:33 / 27.08.2024
Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atdi
13:05 / 24.08.2024
Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
07:30 / 21.08.2024