Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“10 kunda 300 ming so‘mni 1 mln qilib qaytarasan” – Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi
Holat Asaka tumanidagi 34-ixtisoslashgan maktabda bo‘lgani aytilmoqda. Mushtumzo‘r bola maktabdoshini haqoratlab, uni mushti bilan bir necha marotaba urgan. Tuman MMTB vaziyat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Andijon viloyatining Asaka tumanidagi maktablardan birida o‘quvchi maktabdoshini kaltaklayotgani aks etgan video yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bayonot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonlik holati Asaka tumanidagi 34-ixtisoslashgan davlat umumta’lim muassasasida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Mushtumzo‘r yigit bolani urarkan, bir necha marotaba uni qidirganini, nima sabab javob bermaganini so‘ragan va haqoratlab do‘pposlab ketgan. Qolaversa, yigit unga 300 ming so‘m pulni 1 mln so‘m qilib qaytarish talabini qo‘ygan va buning uchun 10 kun muhlat bergan.
Ta’kidlanishicha, vaziyat nazoratga olingan. Boshqarma holat o‘rganilayotganini, o‘rganish yakunlariga ko‘ra batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, boshqarma yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik holatlarining har qanday ko‘rinishini qattiq qoralashini ham bildirgan.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
14:01 / 24.05.2025