Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Auksion o‘yinlari» orqali Bo‘stonliqdan yer olib berish uchun 1,5 million dollar talab qilgan fuqaro ushlandi
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Toshkent viloyatida o‘tkazgan tezkor tadbirlar davomida davlat zaxirasidagi 5 gektarga yaqin yer maydonlarini «mansabdor tanishlari» va «auksion o‘yinlari» orqali olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Foto: Videodan kadr
26 avgust kuni IIV Tezkor qidiruv departamenti DXX, Bosh prokuratura iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Qibray tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tezkor tadbirda Bo‘stonliq tumanidagi Yakkatut mahallasidan 3,5 gektar hokimlik zaxirasidagi yer maydonini «auksion o‘yinlari» yordamida olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. U hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 1,5 million dollar talab qilib, shundan bo‘nak sifatida 50 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Yana bir holatda Qibray tumanida yashovchi ikki fuqaro Bo‘stonliq tumani davlat zaxirasidagi 1,2 gektar qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonini 384 ming dollarga sotishga kelishgan. Ular yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari orqali yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 20 ming dollarni bo‘nak tarzida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
IIVning ma’lum qilishicha, har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:08 / 06.12.2024
Prezident Bo‘stonliqda turistik majmua qurilishi va GES faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 06.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqda bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
21:17 / 29.11.2024
Auksionda 6,2 million dollarga sotib olingan bananni o‘z egasi yeb qo‘ydi
18:10 / 04.11.2024