Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada «suiqasd maqsadida» olti kishini garovga olgan sobiq askar ustidan sud boshlandi
Afg‘onistonda xizmat qilgan shaxs mulyaj qurollar bilan qahvaxonaga bostirib kirib, u yerdagilarni garovga olgan. Prokuraturaga ko‘ra, ayblanuvchi politsiya xodimlarini «o‘q otishga undagan».
Germaniyada politsiyachilar o‘zini otib tashlashlari uchun ataydan olti kishini garovga olgan erkak ustidan sud jarayonlari boshlandi, deb xabar beradi Bild.
Qayd etilishicha, 2024 yil 26 yanvar kuni Stefano B. qurollangan holda Ulm shahridagi Starbucks qahvaxonasiga kirgan va u yerdagi mijozlarni garovga olgan. O‘sha kuni gumonlanuvchining qo‘lida Glock 19 to‘pponchasi va Heckler & Koch 416 vintovkasiga o‘xshash mulyaj bo‘lgan. Odamlarni garovga olishdan oldin u qo‘shni stolda o‘tirgan juftlikni «Ketinglar va politsiyani chaqiringlar» deya ogohlantirgan.
Shundan so‘ng Stefano B. mulyaj qurollarini chiqarib, olti kishini garovga olgan. Ularning ikki nafari politsiyachilar ko‘rishi uchun bar o‘rindig‘iga o‘tqazilgan. Garovga olinganlar orasida 13 va 14 yoshli qizlar ham bo‘lgan.
Oxir-oqibat Stefano B. garovga olingan shaxslarning besh nafarini qo‘yib yuborgan, oxirgisini esa Ulm sobori tomon yo‘naltirgan. Shu vaqtda politsiyachilar o‘q uzib, uning yelka va jag‘ qismini yaralagan.
Sud jarayoni avvalida ayblanuvchining advokati Torsten Shtorp o‘z mijozi barcha ayblovlarni tan olishini ma’lum qildi. «U garovga olinganlarning barchasidan uzr so‘rashni xohlaydi. U o‘z xatti-harakatlari bilan hech kimga zarar yetkazmoqchi bo‘lmagan», — deydi advokat.
Prokuratura esa o‘z navbatida Stefano B. suitsid niyatida jinoyat sodir etganini — u «politsiyachilarni o‘q otishga undaganini» ta’kidlamoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi Bundesver askari sifatida Afg‘oniston yaqinidagi shaharda xizmatni o‘tagan. U yerda harbiy xizmatchi oddiy fuqaroning boshiga o‘q uzishganiga guvoh bo‘lgan. Germaniyaga qaytgach Stefano B. posttravmatik stressdan aziyat cheka boshlagan. Shu boisdan prokurorlar ayblanuvchini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirish kerakligini aytmoqda. Sobiq harbiyga nisbatan sud hukmi 10 oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025