Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
"Ostona arena"da bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tatariston raisi Rustam Minnixonov va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.
Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Ular kurash, alish, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga, pahlavonlar bellashuvi kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.
Ishtirokchilarga ko‘chmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, an’ana va urf-odatlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.
Marosimdan so‘ng davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘istonning bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024