Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya yadroviy halokat yuz bergan Fukusimada yetishtirilgan shaftolilar savdosini boshladi
Fukusimada yetishtirilgan shaftolilar ilk bor Yevropa do‘konlarida sotuvga chiqmoqda - Harrods riteyleri uch donadan iborat meva qutisini 104 dollarga baholagan.
Britaniyada hashamatli buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Harrods riteyleri 2011 yilda yadroviy halokat sodir bo‘lgan Yaponiyaning Fukusima prefekturasida yetishtirilgan shaftolilarni sotishni boshladi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, Fukusimada yetishtirilgan shaftolilar ilk bor Yevropa do‘konlarida sotuvga chiqqan — Harrods uch donadan iborat meva qutisini 104 dollardan sotmoqda.
«Fukusima-1» AES reaktorlarida kuchli sunamidan keyin avariya yuz bergan va radiatsiya tarqalib ketgan edi. 2011 yildan beri Yaponiyada shaftoli ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Fukusima prefekturasi fermerlari zararlanish xavfi sabab o‘z mahsulotlarini sotishda qiyinchiliklarga uchramoqda.
Harrods do‘konlarida sotilayotgan shaftolilar Tokyo Electric Power Company (Tepco) elektr stansiyasi operatorini mintaqaning xalqaro miqyosdagi obro‘sini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatining bir qismi hisoblanadi. Bu Buyuk Britaniya Fukusimadan oziq-ovqat mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiq yechilganidan ikki yil o‘tib amalga oshirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Harrods oktyabrdan boshlab Fukusimada yetishtirilgan «Shayn Muskat» navli uzum savdosini ham boshlaydi. Tepco bunday kampaniyalarini AQSh va Tailandda ham yo‘lga qo‘ygan. Mazkur prefekturadan eksport qilinayotgan barcha qishloq xo‘jaligi va baliq mahsulotlari endi radiatsiya testidan o‘tishi kerak.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025