O‘zbekiston | 15:00 / 10.09.2024
967
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi mehmonlarini qanday qiziqarli voqealar kutmoqda?

17-20 sentabr kunlar O‘zbekistonda AKT sohasidagi eng yirik tadbir - ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. 

Foto: ICTWEEK

Joriy yilda ham haftalik bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradi.

ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligining rasmiy ochilish marosimi 17 sentabr kuni CAEx majmuasida teatrlashtirilgan tomosha va lazer shou bilan boshlanadi. Unda rasmiy vazirlik va idora, xorijiy tashkilot vakillari, tadbir hamkorlari Invest Qatar, DataWolt, UZUM, ZTE, Huawei, IT Park, Uztelecom vakillari ishtirok etib, turli mavzularda chiqishlar qiladi. 

Shu kunning o‘zida IT Park'ning “Shared Services & Offshore Outsourcing” hamda ayollarning IT sohasidagi o‘rniga bag‘ishlangan “IT sohasida ayollar: imkoniyatlar va muammolar” konferensiyalari bo‘lib o‘tadi.

17 sentabr, haftalikning 1-kuni 

 “Shared Services & Offshore Outsourcing” konferensiyasida O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar va shart-sharoitlar taqdimoti, imtiyozlar, ko‘p tilli ishchi kuchi, biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, mamlakatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning tajribalari bilan tanishish imkoniyati bo‘ladi.

“GAP & IT Ladies” konferensiyasida IT sohasida muvaffaqiyatli karera qurishga intilayotgan ayollarni ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, to‘siqlarni bartaraf etish va mukammallikka erishish strategiyalarini muhokama qilib to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

“Startup pitch” tanlovi;

Sun’iy intellect bo‘ylab sayohat: biznes uchun sun’iy intellekt yechimlari.

18 sentabr, haftalikning 2-kuni 

AKT iste’dodlari bo‘yicha Huawei sammiti 

Raqamli hukumat: istiqbolli rejalar va to‘siqlar

O‘zbekiston-Latviya forumi — AKT siyosati va raqamli hukumat, Davlat va xususiy sektorda 5G roli, raqamli ko‘nikmalar va ta’lim, sun’iy intellekt kabi mavzularni o‘z ichiga oladi;

Net Zero ma’lumotlar markazlari va AI: DataVolt — O‘zbekistonning raqamli kelajagi innovatori

“Startup va Venture sammiti” — O‘zbekiston startap ekotizimi va Enterprise Uzbekistan haqida ma’lumot, O‘zbekistonda venchur investitsiyalar”, "President Tech Award" hakatoni finali

19 sentabr, haftalikning 3-kuni 

Koreya-O‘zbekiston IT hamkorlik forumi — ikki mamlakat IT-kompaniyalarining taqdimotlari, B2B uchrashuvlar va netvorkingni o‘z ichiga olgan;

"She Loves Tech" tanlovining mintaqaviy finali; 

Sun’iy intellekt forumi — AI'ni rivojlantirishdagi mintaqaviy sa’y-harakatlar, AI davrida yuqori darajada hisoblash, Jamiyat manfaati uchun AI mavzularida sessiyalar.

“IT ta’lim va frilansing forumi” — karerangizni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan aspektlar va IT sohasidagi eng so‘nggi ta’lim tendensiyalari bilan tanishish imkoniyati, xorijda IT sohasida muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlar va xorijiy mehmonlardan IT ta’limga oid chiqishlar

MDH davlatlararo kosmik kengashining 5-yig‘ilishi

20 sentabr, haftalikning so‘nggi kuni 

“GameDev” kuni — IT Park Uzbekistan va “East Games” o‘tkazayotgan ushbu tadbirda sizni dunyo bo‘ylab sohaning yetakchi mutaxassislaridan qiziqarli ma’ruzalar, ajoyib studiyalar, ijodkor startaplar va investorlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati, eng faol ishtirokchilar uchun qimmatli sovg‘alar kutmoqda. Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/PkW8rC6GEhm3FKZSA 

Startap loyihalari va venchur kapitali ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbati.

Quyidagi havola orqali tadbirlar haqida ko‘proq ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin: Agenda (ictweek.uz)

ICT WEEKning asosiy maqsadi – tajriba almashish uchun platforma yaratish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari hamda O‘zbekiston IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini namoyish etishdan iborat.

Tadbirning to‘liq dasturi ushbu havolada: https://ictweek.uz/uz

Tashrif buyuruvchi sifatida ro‘yhatdan o‘tishingiz mumkin: https://ictweek.uz/oz

Kalendarlaringizni belgilang: 17-20 sentabr

Manzil: CAEx ekspo markazi

Yilning eng yirik AKT tadbirining bir qismi bo‘ling!

+998 55 511-07-77

info@ictweek.uz

info@ite-association.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid