Jamiyat | 21:19 / 10.09.2024
2196
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yuz bergan yong‘in qariyb 4,5 soatda to‘liq o‘chirildi

Yong‘inni bartaraf etish jarayoni favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev nazoratida amalga oshirilgan.

Foto: Kun.uz

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish zavodida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, yong‘in soat 18:56 da batamom o‘chirilgan.

«Erkin» MFYda joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish sexi binosida chiqqan yong‘in haqida 10 sentabr soat 14:15 da viloyat FVBga xabar berilgan. 

«Yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in soat 17:00 da qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirildi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Yong‘inni bartaraf etish jarayoni favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev nazoratida amalga oshirilgan.

«Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hurmatli fuqarolar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi sizlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qoladi», — deya ta’kidlanadi FVV xabarida.

Mavzuga oid