Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi
Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi sobiq rahbari Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi sifatida ish boshladi.
Nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi tayinlandi.
Ushbu lavozimda avvalroq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bo‘lgan Kozim To‘laganov ish boshladi.
Kozim To‘laganov 2017 yildan buyon qurilish sohasidagi muhim lavozimlarda ishlab kelayotgandi. U Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Kozim To‘laganov 1949 yilda tug‘ilgan. 1997-2001 yillarda Toshkent shahri hokimi, keyinroq bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi (2005 yilgacha) sifatida ishlagan.
Mavzuga oid
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
11:35 / 03.08.2024
O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
13:41 / 22.06.2024
Sudyalar oliy kengashi tarkibiga yangi sudyalar saylandi
16:33 / 12.06.2024