Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Britaniya kompaniyasi tomonidan sayyohlar jalb etiladi
O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Abercrombie & Kent sayyohlik kompaniyasi ijrochi direktori Maksimilian Maklay bilan muzokara o‘tkazdi.
Muloqot davomida Maksimilian Maklay britaniyalik va boshqa xorijiy sayyohlar orasida O‘zbekistonga qiziqish ortib borayotganini ta’kidladi.
“So‘nggi yillarda Abercrombie & Kent kompaniyasi O‘zbekistonga ko‘proq sayohat uyushtirmoqda. Biz mamlakatning boy madaniy merosi, ajoyib manzaralari va o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini yuksak qadrlaymiz”, degan u.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Abercrombie & Kent o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida O‘zbekistonga Britaniyadan 1500 dan ortiq sayyohni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025