O‘zbekiston | 08:20 / 13.09.2024
11818
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligiga bir oyda 77 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

O‘zbekistonda avgust oyida qishloq xo‘jaligiga 77 milliard so‘mlik zarar yetkazildi. Eng ko‘p qonunbuzilish - Qashqadaryoda.

“O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish mutaxassislari tomonidan o‘zlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, joylarda monitoring tadbirlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning avgust oyida jami 195 ta holatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 274 gektar yer maydonlarida yerga oid qonunbuzarlik holatlari qayd etilganligi aniqlandi. Shundan sug‘oriladigan 127 gektar yerlarda, 83 gektar lalmi yerlarda, 2,4 gektar bo‘z yerlarda, 62 gektar yaylov yerlarda qonunbuzarlik holatlari qayd etilgan bo‘lib, buning oqibatida yerlarning o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilishiga sabab bo‘lgan.

Ushbu holatlarda qonunbuzarlarga nisbatan jami 76 milliard 916 million so‘m miqdorida qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Eng ko‘p qonunbuzarlik holatlari viloyatlar kesimida olib qaralganda Andijon viloyati (30 ta holatda),Qashqadaryo (43 ta holatda), Namangan (41 ta holatda), Samarqand, (29 ta holatda), Surxondaryo viloyatlarida (19 ta holatda) aniqlangan.

Aniqlangan yer qonunbuzarlik holatlaridan 109 tasi prokuratura organlariga 47 tasi esa IIV hududiy bo‘linmalariga chora ko‘rish uchun, 42 ta holatda boshqa tashkilotlarga, 8 ta holatda yerdan foydalanuvchilarga ogohlantirish xatlari yuborilgan.

Mavzuga oid