Qo‘qonda gaz to‘ldirish shoxobchasida turgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Avtobusga jiddiy shikast yetgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Qo‘qon shahrida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida turgan avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun 2024 yil 13 sentabr kuni soat 19:30 larda Qo‘qon shahri, “Yorqo‘rg‘on” ko‘chasida joylashgan AGsh kompressor shoxobchasida gaz to‘ldirayotgan “ISUZU” rusumli avtobusning dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in Qo‘qon shahar FVBning o‘t o‘chirish bo‘linmasi tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Avtobusga jiddiy shikast yetgan.
Mavzuga oid

07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj

22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

10:36 / 15.03.2025