Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorga turar joy binosi qurishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tadbirkorga 10 ming dollar evaziga turar joy binosini qurishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, fuqaro S.O. “X.T.” MChJ tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahrida qurilayotgan sport maktabi binosining yuqori qavatiga turar joy binosini qurishga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ruxsatnoma olib berishi evaziga 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
13:08 / 25.02.2025
Aholi va xo‘jalik sub’yektlari binolari tomining kamida 50 foizi quyosh panellari bilan jihozlanadi
10:14 / 14.01.2025
Baland qavatli binolarga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi
09:00 / 09.01.2025