O‘zbekiston | 17:00 / 13.09.2024
25214
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangi Chery avtomobillarining taqdimoti: yangi narxlar e’lon qilindi

12 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekistonda Chery brendining rasmiy ishlab chiqaruvchisi va distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan Chery avtomobil brendining uzoq kutilgan 2024 yil yangiligi: yangi Tiggo 8 Pro Max, Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Avtomobillar iste’molchilarning barcha zamonaviy talablari va xohish-istaklarini hisobga olgan holda yaratilgan bo‘lib, o‘ziga xos uslub, qulaylik va yuqori texnologiyalarning mukammal uyg‘unligini taklif qiladi.

Foto: Chery

Yangi Tiggo 8 Pro Max – qudrati va hashamatini o‘zida mujassam etgan texnologik yetti o‘rinli SUV. Avtomobil quvvati 245 ot kuchiga ega ikki litrli sport turbinali dvigatel, to‘liq yuritmali tizim va qulaylikning zamonaviy texnologiyalari (charmdan ishlangan salon, atmosferali yoritgich, manzarali lyuk, avtomobil salonidagi havoni tozalash va uning sifatini monitoring qilish tizimi va boshqalar), shuningdek, xavfsizlik tizimlari (moslashuvchan kruiz nazorati, yo‘l chizig‘ida ushlab turish tizimi, doira bo‘ylab ko‘rish kamerasi, ko‘r zonalarni monitoring qilish tizimi va boshqalar) bilan jihozlangan. Endi xavfsizlikning kompleks tizimi haydovchi uchun hatto tizza xavfsizlik yostig‘ini ham o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston avtomobil bozorida yangi avtovobil yangilangan salon va navigatsiya, ovozli yordamchi va proyetsion displeyga ega o‘zbek tilidagi yangi bort interfeysi bilan taqdim etilganligi bois, mazkur avtomobildan foydalanishni yanada qulay va yoqimli qildi.

Sony'ning 9 ta dinamikli premium audio tizimi haqiqiy qo‘shiq shina vandalari uchun endi qudratli subvufer bilan jihozlangan.

Old yo‘lovchi o‘rindig‘i turli dasturlarga ega uqalash funksiyalari va oyoqlar ushlab turishini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uzoq muddatli sayohatlar uchun mukammal yechim hisoblanadi.

Ushbu oilaviy avtomobil uchinchi qator yo‘lovchilarining qulayliklarini hisobga oladi: endi ular o‘zlarining ventilyatsiya tizimlarini alohida pult yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.

Yangilangan yoritish texnikasi, yangi 19 dyuymli disklar va nur sochadigan yorqin Chery emblemasi o‘zining jozibali dizayni bilan barcha avtohavaskorlarning e’tiborini tortadi.

Chery Tiggo 7 o‘zining keng saloni va yuqori darajadagi jihozlanishi bilan O‘zbekistonda mashhurlikni qozonib, Chery rusumining eng sevimli avtomobillaridan biriga va bizning bozorimizda eng ko‘p sotiladigan oilaviy krossoverlardan biriga aylandi.

Yangi Tiggo 7 Pro shahar bo‘ylab va shahar tashqarisiga bo‘ladigan oilaviy safarlar uchun ajoyib hamroh bo‘ladi. U o‘z o‘tmishdoshini haqiqiy bessellerga aylantirgan sifatlarni takomillashtirdi – jozibali dizayn va qulay keng salon. 2024 yilda Tiggo 7 Pro avtomobilning old va orqa qismlarining yangilangan dizayni, yangi yoritish texnikasi va radiator panjarasi tufayli yanada yorqin ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Chery muhandislari avtomobil inter’yerini yangilashga katta kuch sarfladilar. Endilikda qurilmalar paneli va multimedia tizimi ekranlari 12,3 dyuymli bo‘lgan ikkita ekranga ega zamonaviy planshetga birlashtirildi, elementlari esa foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Endi haydovchi o‘rindig‘i xotira funksiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘rindiq va orqa tomon ko‘rinish oynalari sozlamalarini eslab qolish imkonini beradi – atigi bir marotaba tugmani bosish bilan avtomobil sizga moslashadi. Bundan tashqari, Chery avtomobillari egalari uchun har bir sayohatni yanada qulay qiladigan atmosferali yoritgich, manzarali lyuk, doira bo‘ylab 360 darajali kamera va ikki hududli iqlim-nazorat kabi odatiy funksiyalar mavjud bo‘lib qolmoqda.

Arrizo 6 Pro sedani allaqachon ko‘plab jo‘shqin sayohat muxlislarining e’tiborini tortdi va bizning bozorimizda eng mashhur avtomobillardan biriga aylandi.

2024 yilning yangi avlodi avtomobil old qismining yangi tajovuzkor dizayni tufayli sportcha xususiyatini ta’kidlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, Arrizo 6 Pro 150 ot kuchiga ega qudratli turbo dvigatel bilan jihozlangan va barcha zamonaviy qulaylik va xavfsizlik funksiyalarini taklif qiladi.

Chery'ning yangi modellari zamonaviy avtomobillarda qulaylik, xavfsizlik va innovatsiyalarni qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlov hisoblanadi. Ularning har birida – flagmanli Tiggo 8 Pro Max, yorqin Tiggo 7 Pro yoki sportcha shahar sedani Arrizo 6 Pro bo‘ladimi – har kim o‘ziga kerakli narsani topadi. Sayohatni sevuvchi oilalar kenglik va qulaylikni alohida baholashadilar, jo‘shqin hayotga intiluvchi faol shaharliklar esa ushbu modellardan betakror yo‘ldoshni topadilar.

Taqdimot faqat shuni tasdiqlamoqda: Chery ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mijozlarning qulayligi birinchi o‘rinda turadigan avtomobillarni yaratish orqali oldinga dadil bormoqda.

Yangi Chery avtomobillari narxlari

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan birinchi avtomobil zavodi – ADM Jizzakh zavodida yig‘ilayotgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining tavsiflari, mavjud komplektatsiyalari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekista

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid