Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Navoiy viloyatida Litva davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
“E.C.” MChJ rahbari A.Q. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida pishiriqlar pishirish yo‘nalishida o‘qigani haqida soxta diplom tayyorlab berib, Litvaga ishga yuborishi evaziga 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025