Noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlar chegarasi belgilandi
Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi.
“Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi.
Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo o‘zanlari, ularning sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
Tegishli tashkilot va hokimliklar:
🔹daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo o‘zanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari to‘xtatilishini qat’iy nazoratga oladi;
🔹daryo o‘zani, sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olishning oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytiriladi hamda joriy qilingan moratoriyni buzishga oid huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.
Daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shag‘al qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar tog‘ va tog‘oldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga ko‘chirish choralari ko‘riladi.
Ko‘chirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi E-auksion orqali rasmiylashtirib beriladi.
Ma’lumot uchun, prezident farmoniga muvofiq, yuqoridagi daryolar o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.
Mavzuga oid
18:31 / 09.09.2024
Qirg‘izistonda davlat xizmatchilarining maoshini oshirishga moratoriy joriy qilindi
13:57 / 24.05.2024
“Ijtimoiy soha obektlari xususiylashtirilishiga moratoriy e’lon qilinishi kerak” - Qobil Xidirov
09:47 / 12.03.2024
Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi
10:10 / 20.01.2024