Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li hibsga olindi
U sud taqiqini buzgan holda sobiq sevgilisiga qo‘ng‘iroq qilib, qiz bilan gaplashishga uringan.
Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li Marius Borg Xyoybi sud taqiqini buzgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Sud qarori unga o‘zi hujum qilgan sobiq sevgilisiga yaqinlashishni taqiqlaydi, deb yozadi Bild.
«Politsiya Xyoybi bir necha bor mazkur ish doirasida jabrlanuvchi bo‘lgan ayol bilan aloqaga kirishga uringani to‘g‘risida ma’lumot oldi. Shu boisdan politsiya uning xatti-harakati ustidan shikoyat kiritgan. Jinoyat sodir etilish xavfi takrorlanishi mumkinligi sabab uni hibsga olish bo‘yicha qaror qabul qilindi», — deydi prokuror Andreas Krushevski.
Norvegiya valiahd malikasining advokati Eyvind Bratlenning ma’lum qilishicha, uning mijozi rostdan ham hibsga olingan. Bunga u 7 sentabr kuni maxfiy raqamdan foydalangan holda telefon orqali jabrlanuvchi bilan gaplashishga uringani sabab bo‘lgan.
«Mijozim buni rad etib, o‘z aybiga iqror bo‘lmayapti. Jinoyat ishlari bo‘yicha 17 yillik faoliyatim davomida bunday tuturuqsiz yuridik asos bilan hibsga olinish holatiga duch kelgan emasman», — deya qo‘shimcha qiladi Bratlen.
Avvalroq qirollik oilasining vakili bo‘lgan Xyoybi sobiq sevgilisini kaltaklagani uchun qo‘lga olingan edi. 4 avgust kuni Marius qizning kvartirasida janjal ko‘targan. E’lon qilingan suratlarda shiftdan ko‘chirib olingan qandil va devorga suqilgan pichoqni ko‘rish mumkin edi. Shundan keyin u qo‘lga olingan, biroq oradan bir kun o‘tib qo‘yib yuborilgan edi. Xyoybi yengil tan jarohati yetkazishda ayblanmoqda. Ammo u alkogol va kokain ta’sirida bo‘lganini hamda ruhiy buzilishdan aziyat chekishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
12:00 / 21.11.2024
Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li zo‘ravonlik ishi bo‘yicha hibsga olindi
13:50 / 25.10.2024
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
19:30 / 24.10.2024
Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash taklif etildi
09:10 / 16.10.2024