Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: «Oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimiz mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanaman»
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva JST bosh kotibi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi, BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi bosh kotibi, JSST bosh direktori, Xalqaro mehnat tashkiloti mintaqaviy direktori bilan muloqot o‘tkazdi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva JST bosh kotibi Ngozi Okonjo-Iveala, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchan, BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi bosh kotibi Rebeka Grinspan, JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus, Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Beate Andreyes bilan bir davrada muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar birgalikda muhokama qilindi.

“Men oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimiz mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanaman. Biz barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishga intilib, xotin-qizlar huquqlarini yanada kengaytiryapmiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berilishi, ta’lim va ijtimoiy sohadagi islohotlar — O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarishga bel bog‘lagan.
Prezident yordamchisi islohotlar va JSTga a’zolik yo‘lida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025