Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiyaga raketa yetkazib bergani uchun Eronga qarshi sanksiyalar joriy qiladi
Eron raketalarining Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berilishi Yevropa xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdiddir, dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel. U Yevropa Ittifoqining javobi tez va muvofiqlashtirilgan bo‘lishiga va’da berdi.
Yevropa Ittifoqi Eronning Rossiyaga raketa yetkazib berganini qoraladi va Tehronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qildi. «Yevropa Ittifoqi bir necha bor Eronni Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib bermaslik haqida qat’iy ogohlantirdi», — deb yozdi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 13 sentabr, juma kuni.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Eronga qarshi yangi va muhim sanksiyalar joriy etilishi mumkin. Jazo ro‘yxatiga Eronning ballistik raketa va dron dasturlari bilan aloqador shaxslar va kompaniyalar kiradi.
Avvalroq shu haftada Fransiya, Germaniya va Britaniya Tehronga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilgan edi. Rossiyaga qurol yetkazib beruvchi kompaniyalarga, jumladan, Yevropaning qator shaharlariga parvoz qilayotgan Iran Air aviakompaniyasiga nisbatan jazo choralari joriy etildi.
Fransiya Eron diplomatik missiyasi rahbarini chaqirtirdi
Fransiya 13 sentabr kuni Eronning Parijdagi muvaqqat ishlar vakilini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirib, undan Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga raketalar yetkazib berilgani haqidagi taxminlarga izoh berishni talab qildi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya Erondan ballistik raketalar olganini aytgan edi. Tehron hukumati bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi. O‘tmishda Eron Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlari yetkazib berganini qat’iyan tan olmagan, deya qayd etadi dpa agentligi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:03 / 23.05.2025