O‘zbekistonda yangi hafta boshida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi.
«O‘zgidromet» 16–18 sentabr kunlari qanday ob-havo kutilayotgani haqida ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9–14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 16 sentabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 17–18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16 sentabrda +12...+17 daraja, 17–18 sentabrda +10...+15 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 sentabrda kechki tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 17 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 sentabrda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja, 17–18 sentabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 sentabrda Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi 16 sentabrda +27...+32 daraja, 17–18 sentabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, 16–17 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 17 sentabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16–17 sentabrda +9...+14 daraja, 18 sentabrda +6...+11 daraja, kunduzi 16 va 18 sentabrda +18...+23 daraja, 17 sentabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:31
O‘zgidromet dekabrda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi
18:37 / 29.11.2024
Dekabrda O‘zbekistonda qanday ob–havo kuzatiladi?
12:02 / 29.11.2024
30 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
11:21 / 29.11.2024