Rossiyaning Xarkivga zarbasi oqibatida 40 dan ortiq kishi jabrlandi
Xarkiv OHM rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qavatli turar joy binosi havo hujumiga uchragan. Jabrlanganlar orasida uch nafar bola ham bor.
Xarkivning o‘qqa tutilishi natijasida jarohatlanganlar soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda oblast harbiy ma’muriyati (OHM) rahbari Oleg Sinegubov 15 sentabr, yakshanba kuni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, voqea joyida tezkor reaksiya bildirish guruhi va ko‘ngillilar ishlamoqda. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, suv va issiq ovqat berildi.
Kamida 14 kishi kasalxonaga yotqizilgan, qolganlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yaralanganlar orasida uch nafar bola ham bor, ulardan biri bir yoshda. Bir ayol va 12 yoshli bolaning ahvoli og‘ir.
Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, turar joy binosi bitta kirish qismi vayron bo‘lgan, 9-qavatda yong‘in kuzatilgan. Kamida 1500 ta oyna va yaqin atrofda turgan o‘nlab mashinalar shikastlangan. Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin, aholi evakuatsiya qilingan.
Davlat Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari 12-qavatdan bir erkak va itni qutqarib oldi.
Rossiya Xarkivga kamida oltita BAB tashladi
Rossiya qurolli kuchlari Xarkivga kamida oltita boshqariluvchi aviatsiya bombasini (BAB) tashladi, dedi Sinegubov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Xarkivning Nemishlyanskiy rayonida fuqarolik infratuzilmasi shikastlangan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 9- va 12-qavatlar orasida «yong‘in va vayronalar bor». «Dunyo ukrainaliklarning hayotiga zomin bo‘layotgan o‘nlab boshqariladigan havo bombalaridan himoyalanishga yordam berishi kerak», — deb yozdi Zelenskiy va kuchli qarorlardan qo‘rqishni bas qilish kerakligini qo‘shimcha qildi.
Xarkov meri Igor Terexov aniqlik kiritishicha, zarba binoning 10-qavatida sodir bo‘lgan, yong‘in to‘rt qavatni qamrab olgan - 9-qavatdan 12-qavatgacha.
Xarkivda isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Zelenskiy iyul oyining oxirida Xarkiv oblastidagi frontga kelgan. U yerda xavfsizlik va energetika sohasidagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
«Asosiy e’tibor Xarkiv va oblastni isitish mavsumiga tayyorlashga qaratilmoqda. Operativ vaziyat, energetika sektori obektlari himoyasi, energiya taqchilligini bartaraf etish va kuz-qish mavsumida issiqlik hamda elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan hisobotlar taqdim etildi», — deyiladi xabarda.
AQSh prezidenti Jo Bayden 13 sentabr kuni Vashingtonda Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashdi. Ikki davlat yetakchilari Ukrainani «qat’iy» qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar. Uchrashuvdan so‘ng Kiyevga G‘arb qurollari bilan Rossiya hududidagi nishonlarga zarba yo‘llash bo‘yicha ruxsat berilishi e’lon qilinmadi.
Mavzuga oid
16:43
Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi - UHK
15:39
So‘rovlar: Ukraina va Rossiyada ko‘pchilik tinchlik muzokaralarini xohlayapti
22:12 / 20.11.2024
Heppi end bo‘lmaydi: urush tugashi bo‘yicha ssenariylar
21:12 / 20.11.2024