Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb qiladi
Germaniya temiryo‘llarida ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonda nemis standartlari asosida kasb va tilga o‘qitiladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning DB Engineering Consulting Operations Group kompaniyasi Germaniya temiryo‘llari (Deutsche Bahn) uchun mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan bayonnoma imzoladi.
Endi ushbu mamlakatda transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar ularning standartlari asosida Bandlik va Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy ta’lim muassasalarida o‘qitiladi. Til va kasb o‘rgatish darslari germaniyalik mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
«Germaniya temiryo‘l transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyojimiz baland va ularni nemis standartlari asosida O‘zbekistonda o‘qitib, kasb va til imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni esa Deutsche Bahn tarmog‘iga ishga joylashtirishga tayyormiz», — dedi Niko Varbanoff.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025