Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
USAID O‘zbekiston iqtisodiyoti to‘rtta tarmog‘idagi loyihalarga grant ajratadi
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi to‘qimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va AKT sohalaridagi loyihalarni grantlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi uchun arizalar qabul qilayotganini e’lon qildi. Tashabbus ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va to‘qimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi muhim tarmoqlarda o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Grant dasturi keng ko‘lamli tashkilotlarni, jumladan, kichik va o‘rta korxonalarni, nodavlat tashkilotlarni va iqtisodiy o‘sish hamda ijtimoiy inklyuziyaga yordam beruvchi boshqa tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida e’tibor beriladi.
Grantlar hajmi qo‘shma moliyalashtirish sharti bilan 25 mingdan 100 ming dollargacha bo‘ladi — USAID aksariyat korxonalar uchun loyiha qiymatining 50 foizini moliyalashtiradi. Ayollar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar uchun USAID xarajatlarning 80 foizigacha mablag‘ ajratishi mumkin.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
09:40 / 16.04.2025
AQSh O‘zbekistonga ajratiladigan grantni bekor qildi
16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi
21:15 / 09.04.2025