O‘zbekiston | 09:40 / 19.09.2024
855
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Filippin tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov va Filippin tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mariya Tereza P.Lazaro boshchilik qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda istiqbollarini, shuningdek, ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikni batafsil ko‘rib chiqdilar.

Mavjud salohiyatdan, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu sohalardagi qonunchilik bazasini kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi bildirildi. Xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida Filippin tomoni O‘zbekistondan kimyoviy o‘g‘itlar va kichik qishloq xo‘jaligi texnikalarini olib kirishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Mavzuga oid