Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
Malayziyaning yetakchi robototexnika yetkazib beruvchisi Meraque Group kompaniyasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, u 4,3 mln gektar ekin maydonlarini o‘z ichiga oladi.
Meraque kompaniyasi kelgusi uch yil ichida O‘zbekistonda mingta ish o‘rni yaratadigan va 100 ming gektar qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 20 mln Malayziya ringgiti sarmoya kiritmoqchi. Kompaniya, shuningdek, mintaqadagi texnologik takomillashtirish uchun qo‘shimcha 30 mln ringgit yig‘moqchi.
Hamkorlikning asosiy qismi – qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ekotizimini yaratish siyosatini ishlab chiqish bo‘ladi, bu esa mamlakatning 100 ming fermeri uchun samaradorlik va barqarorlikni oshiradi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025