O‘zbekiston | 17:00 / 21.09.2024
1699
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“APEX INSURANCE” AJ FIFA 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo‘ldi

Foto: APEX INSURANCE

APEX INSURANCE 2024 yil 14 sentabrdan 6 oktyabrgacha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan FIFA Futzal World Cup Uzbekistan 2024™ o‘ninchi Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo‘lganini faxr bilan ma’lum qiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, O‘zbekiston FIFA Jahon chempionatini qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Mintaqamiz uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu Jahon chempionati mamlakatimizda professional futbolni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, APEX INSURANCE ushbu yirik sport tadbirining yuqori saviyada o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatidan mamnun.

APEX INSURANCE chempionat tashkilotchilarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligini ham sug‘urtaladi, ushbu sug‘urta  kutilmagan vaziyatlar natijasida ishtirokchilarning hamda muxlislarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplab berishni nazarda tutadi. Sug‘urta musobaqaning barcha bosqichlarida, har bir mezbonlik qiluvchi shaharlarda amal qiladi, bu esa ushbu ulkan sport tadbirining har bir o‘yinini ishonchli himoyada va muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Nafaqat futbolni, balki boks, dzyudo, triatlon va ot sporti kabi boshqa sport turlarini ham qo‘llab-quvvatlovchi APEX INSURANCE ushbu hamkorlikni O‘zbekistonda sport madaniyatini rivojlantirish, musobaqalar saviyasini yuksaltirish va mamlakat futbolini jahon arenalarida raqobatbardosh darajaga yetkazishga hissa qo‘shish uchun ajoyib imkoniyat deb biladi.

“Ijtimoiy mas’ul biznes sifatida bunday nufuzli sport tadbirini tashkil etishda, ushbu sport turining xalqaro boshqaruv organi - FIFA bilan hamkor bo‘lish va bu orqali sportchilarimizning jahon maydonlaridagi g‘alabalarini qo‘llab- quvvatlash biz uchun beqiyos sharafdir. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va iqtidorli yosh futbolchilar salohiyatini kashf qilish hamda faoliyatini rag‘batlantirishga bo‘lgan intilishimizni ham yaqqol namoyon etadi”, - deya ta’kidladi Boshqaruv Raisi Jaxongir Yunusov.

Murojaat uchun: 1188

Website   |   Telegram   |   Facebook    |    Instagram 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid