Litvalik yurist Belarus foydasiga josuslik qilgani uchun 9 yilga qamaldi
Advokat Mantas Daniyelyus Belarus maxsus xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan targ‘ibotchi Kseniya Lebedevaga Litvadagi Belarus muxolifat tashkilotlari faoliyati haqida ma’lumot bergan.
Vilnyus okrug sudi 20 sentabr, juma kuni litvalik advokat Mantas Daniyelyusni Belarus foydasiga josuslik va o‘z ishi bo‘yicha guvohga bosim o‘tkazishga urinishda aybdor deb topib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Ayblov tomoniga ko‘ra, advokat 2022 yildan beri Belarus razvedka xizmatlari uchun ma’lumot to‘plagan va uni Belarus davlat telekanali jurnalisti Kseniya Lebedevaga bergan. Litvaning Delfi nashri xabar qilishicha, targ‘ibotchi Litvadagi Belarus muxolifat tashkilotlari, siyosiy qochqinlarni evakuatsiya qilish yo‘llari, shuningdek, Kastus Kalinovskiy nomidagi polk askarlarini ta’minlash va tayyorlash haqidagi ma’lumotga qiziqqan. Ikkinchi ayblov Daniyelyusga sud boshlanishidan oldin guvohlardan birini «boltani charxlayman» deb qo‘rqitgani uchun qo‘yildi.
Mantas Daniyelyus 2022 yil sentabrida Belarusga qochib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan edi. Prokuror uni 11 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi. Hukm yakuniy emas va Litva apellyatsiya sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Daniyelyus o‘z aybini inkor etdi va unga qo‘yilgan ayblovlar taxminlarga asoslanishini aytib, oqlanishga umid qilyapti.
Avvalroq Mantas Daniyelyus hujjatlarni qalbakilashtirishda gumonlanib sudlangan edi.
Mavzuga oid
21:16 / 22.11.2024
Lukashenko Belarusda norozilik namoyishlari takrorlansa, internetni «butunlay o‘chirib qo‘yish» bilan tahdid qildi
20:52 / 20.11.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
01:38 / 19.11.2024
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
20:18 / 16.11.2024