BAA O‘zbekistonda DXSh loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda
Mamlakat elchixonasi va O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yurtimizdagi qator vazirlik hamda idoralar vakillaridan iborat delegatsiyaning Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy safari tashkil etildi.
Mazkur safar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlari va davlat-xususiy sheriklik loyihalariga BAA investorlari jalb etishga qaratilgan "Road shou" tadbirlarini o‘tkazish maqsadida uyushtirildi.
O‘zbekiston tomoni BAAning Al Ghurair investment, RKH investment holdings, AlNowais investmens, MBS Global singari yirik kompaniyalari va ADQ, ADFD, Mubadala investment company suveren fondlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida ustuvor tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 30 milliarddan ortiq bo‘lgan 63 ta loyiha hamda xususiylashtirish taklif etilgan 21 ta obekt taqdimotlari tashkil etildi.
Ularda O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, soliq yukini kamaytirish, bojxona to‘lovlarini yengillashtirish va investorlar huquqlarini qonunchilik bilan himoya qilish borasidagi keng ko‘lamli islohotlarning amaliy jihatlari haqida ma’lumot berildi.
Tashrif yakunida O‘zbekistondagi energetika, chiqindini qayta ishlash, ta’lim, kommunal xo‘jalik, ichimlik suvi ta’minoti, sog‘liqni saqlash va aeroportlarni boshqarish borasidagi xususiylashtirish dasturi hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirgan BAAning 10 yaqin kompaniyalari bilan muzokaralarni davom ettirishga kelishildi.
Mavzuga oid
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024