Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raisi va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
Har bir qurilayotgan obekt oldida QR kodli pasporti qo‘yiladi, istalgan odam bu orqali hududda qanday obekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi ma’lumotlar olishi mumkin bo‘ladi. Agar QR kodli pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unday qayd qilinishicha, davlat hisobidan qurilayotgan har bir obektga toifasiga qarab kamida ikkita videokamera o‘rnatiladi. Ular operatorlar shtabiga ma’lumotlarni onlayn yuboradi.
Shuningdek, noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
Endi har bir qurilayotgan obekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi, istalgan odam bu orqali hududda qanday obekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi ma’lumotlar olishi mumkin bo‘ladi. Agar QR kodli pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
18:50 / 22.05.2025