Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash taklifini bildirdi
O‘zbekiston bosh konsuli Jahongir Parmonov Rossiyaning "Keyterinburg" federal oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Ruslan Doljyenko bilan uchrashdi.
Unda Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar huquqiy himoyasi, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr almashildi.
Ruslan Doljyenko "Keyterinburg" kompaniyasi Sverdlovsk viloyatida o‘z faoliyatini kengaytirayotganini bildirdi. Shuningdek, u yangi tashkil etilayotgan quvvatlarga 100 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash imkoniyati borligini ma’lum qildi.
Muloqot yakunida taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb etish maqsadida mamlakat tegishli tashkilotlari vakillari bilan alohida uchrashuv tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
11:30 / 31.10.2024
Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
07:50 / 26.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi
10:20 / 21.10.2024