Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
2025-2026 o‘quv yilidan kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar amalga oshiriladi:
- 2025 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
- 2025-2026 o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;
- 2025 yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:
- kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.
Mavzuga oid
12:21 / 02.04.2025
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
17:32 / 04.03.2025
Eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar ro‘yxati ochiqlanadi
10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi
13:41 / 02.11.2024