O‘zbekistonda tahsil olayotgan hindistonlik yoshlar soni 5 mingdan oshgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘lib o‘tgan madaniyatlar tutashuvi va ta’lim uyg‘unligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda mamlakat ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini taqdim qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Global Trade & Technology Council nohukumat tashkiloti va Th. Har Narayan Singh Group of Colleges oliy ta’lim muassasasi hamkorligida uyushtirilgan tadbir ishtirokchilariga mamlakatda ta’lim yo‘nalishida tatbiq etilayotgan o‘zgarishlar, davlat tomonidan soha vakillariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor natijalari haqida so‘zlab berildi.
Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik ko‘lamiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bugungi kunda 5 mingdan ortiq hindistonlik yoshlar O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgani, o‘zbekistonlik yigit-qizlar ham Hindistonda axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, tilshunoslik va boshqa raqobatbardosh yo‘nalishlarda mutaxassislikka ega bo‘layotgani urg‘ulandi. Hindistonning Amiti va Sharda universitetlari, shuningdek, Acharya va Sambhram institutlar guruhlarining O‘zbekistondagi kampuslari muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.
Tadbir doirasida, shuningdek, O‘zbekistonning turizm salohiyati ham keng targ‘ib qilindi. Jumladan, ayni paytda ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga 15 ga yaqin aviareyslar yo‘lga qo‘yilgani, ular Toshkent–Dehli–Toshkent va Toshkent–Mumbay–Toshkent yo‘nalishlarida parvoz qilayotgani qayd etildi.
Uttar-Pradesh shtatining Prayagraj va Varanasi shaharlariga safar doirasida ishbilarmon doiralar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida hududlararo hamkorlik aloqalarini faollashtirish, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish, tadbirkorlar delegatsiyalari almashish, qo‘shma biznes forumlar o‘tkazish va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi, mamlakat savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, eksport va turizm salohiyati taqdim qilindi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024