Jahon | 11:10 / 24.09.2024
3126
2 daqiqa o‘qiladi

RF delegatsiyasi Osvensim ozod qilinganining 80 yilligiga taklif etilmadi

Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya rasmiy vakillari Osvensimdagi tadbirlarga taklif qilinmayapti.

Foto: Valeriy Melnikov/RIA «Novosti»

Rossiya vakillari fashistlarning Aushvits-Birkenau qirg‘in lageri ozod etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari ishtirokchilari qatoriga kiritilmaydi. Bu haqda 23 sentabr, dushanba kuni Osvensim muzeyi Facebookʼdagi sahifasida ma’lum qildi.

Polsha matbuot agentligining Ukrainadagi tajovuzkor urush tufayli so‘nggi ikki yil davomida ishtirokiga ruxsat etilmagan Rossiya esdalik tadbirlarida qatnasha oladimi degan savolga javob berar ekan, rejissyor Petr Tsivinskiy shunday dedi: «Bu muhim tadbir. Qurbonlarni eslaymiz, lekin ozodlikni ham nishonlaymiz. Erkinlikning qadrini tushunmaydigan Rossiya qatnashishini tasavvur qilish qiyin. Bu keyingi to‘rt oy ichida bo‘lmaydi». Avvalroq Osvensim muzeyi rahbariyati Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini «varvarlik harakati» deb atagan edi.

Ukrainadagi urushdan oldin Rossiya har doim marosimda qatnashgan

1940-1945 yillarda natsistlar bosib olingan Polshadagi Aushvits-Birkenau lagerida millionga yaqin yevropalik yahudiylarni qirib tashlagan, deb eslaydi AFP. Lagerda 80 mingga yaqin polyak, 25 ming lo‘li va 20 ming sovet askari ham halok bo‘lgan.

Ilgari Rossiya vakillari har yili 27 yanvarda — 1945 yilda sovet askarlari qirg‘in lageri darvozasiga kirib, 7000 ga yaqin tirik qolganlarni ozod qilgan kuni o‘tkaziladigan marosimlarda doimo qatnashgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid