Jahon | 10:50 / 25.09.2024
5353
2 daqiqa o‘qiladi

«Hizbulloh» raketasi birinchi marta Tel-Aviv hududiga yetib keldi

Isroil «Hizbulloh»ning ballistik raketasini tutib oldi va Livanga hujumlarini kuchaytirib, jangchilar razvedkasi manzillarini nishonga oldi. Vaziyat BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Foto: Baz Ratner/AP/picture alliance

Livanning «Hizbulloh» guruhi Tel-Avivga ballistik raketa uchirgani haqida xabar berdi. Bu harakatlar G‘azo sektoridagi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, «Livan va uning xalqini himoya qilish uchun» amalga oshirilgan, dedi jangchilar 25 sentabr, chorshanba kuni.

Bu 2023 yil 7 sentabrda Hamas guruhining Isroilga keng ko‘lamli hujumidan so‘ng Yaqin Sharqda mojaro avj olgandan beri birinchi marta sodir bo‘ldi. Isroil Livandan raketani urib tushirgani, qurbonlar va jarohatlar bo‘lmaganini bildirgan. Shu bilan birga, «Hizbulloh» raketasi birinchi marta Tel-Aviv hududiga yetib keldi, dedi Isroil armiyasi vakili AFP'ga.

Isroil «Hizbulloh»ning razvedka infratuzilmasiga hujum qildi

Shundan so‘ng Isroil Livandagi jangchilar nishonlariga havo hujumlarini kuchaytirdi. The Jerusalem Post qayd etganidek, 25 sentabr kuni Isroil mudofaa kuchlari «Hizbulloh» razvedka boshqarmasiga aloqador 60 ta nishonga hujum qildi. Gap razvedka ma’lumotlarini yig‘ish vositalari, qo‘mondonlik markazlari va «Hizbulloh» tomonidan razvedka faoliyati uchun foydalaniladigan boshqa infratuzilmalar haqida bormoqda, deya ta’kidlanadi ma’lumotda.

TsAHAL Shimoliy qo‘mondonligi «Hizbulloh»ga qarshi operatsiya yangi bosqichga o‘tganini ma’lum qildi. Ushbu guruh qo‘mondoni Ori Gordinning ta’kidlashicha, harbiylar «yangi manevrlar va harakatlarga to‘liq tayyor bo‘lishi kerak».

Mavzuga oid