Tramp va Harris saylov shtablarining yirik homiylari ma’lum bo‘ldi
Trampni «American Airlines», «Walmart» va «Lockheed Martin» qo‘llab-quvvatlamoqda. Harrisga «Google», «Apple» va «Nvidia» homiylik qilyapti. Bir qator kompaniyalar ikkala nomzodga ham pul ajratgan.
AQSh prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyalarini moliyalashtirish manbalari ma’lum bo‘ldi, bunda vitse-prezident Kamala Harris sobiq prezident Donald Trampdan ustunlik qilmoqda, deb yozdi Forbes.
2023 yil yanvaridan 2024 yil 31 avgustgacha Demokratlar partiyasi saylovoldi kampaniyasi qo‘mitasi 678,2 million dollar, Respublikachilar saylovoldi kampaniyasi qo‘mitasi esa 309,2 million dollar yig‘gan.
Kamala Harris avgust oyini Donald Trampga qaraganda ancha ko‘p mablag‘ bilan yakunladi – mos ravishda 235,5 million va 134,6 million.
«Quiver Quantitative» 2024 yil sentabr holatiga ko‘ra Donald Tramp va Kamala Harrisga eng ko‘p xayr-ehson qilgan AQSh yirik kompaniyalarini aniqladi.
Shunday qilib, Donald Trampning eng yirik donorlari: «American Airlines» ($134 174), «Walmart» ($83 908), «Lockheed Martin» ($69 552), «United Airlines» ($67 742), «FedEx» ($61 901), Costco ($43 370), «General Motors» ($32 707).
Kamala Harrisning eng yirik homiylari: «Google» ($1 464 292), «Apple» ($225 390), «Nvidia» ($169 054), «Netflix» ($125 961), «JP Morgan» ($117 711), «Amazon» ($98 177), «Facebook» ($97 098), «Pfizer» ($93 136), «Disney» ($91 402).
Shu bilan birga, bir qator kompaniyalar Donald Trampga ham, Kamala Harrisga ham mablag‘ ajratmoqda: «Boeing» ($82 761 / $137 521), «Brown & Brown» ($56 087 / $324 568), «Wells Fargo» ($59 451 / $169 274), «Johnson & Johnson» ($57 499 / $239 394), «Intel & Co.» ($42 886 / $117 219) va «Microsoft» ($41 762 / $743 045).
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
17:48 / 22.11.2024
Tramp Pem Bondini bosh prokuror lavozimiga yangi nomzod sifatida ko‘rsatdi
13:52 / 22.11.2024