Jamiyat | 16:21 / 26.09.2024
2834
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U fuqarolarning biridan 25 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida davlat zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.M., F.T. va boshqalar Yangihayot tumanidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni fuqaro T.M.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida 175 000 dollar evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishni va’da qilib, oldindan 25 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. Jarqo‘rg‘on tumani “O‘zbekiston” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi 60 sotix yerni fuqaro S.A.ga 300 mln so‘mga sotishga kelishib, keyinchalik kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 65 mln so‘m va 18 400 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid