Jamiyat | 13:51 / 26.09.2024
2686
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Milliy gvardiya

Xorazm viloyati Gurlan tumanida ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushgan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 25 sentabr kuni soat 06:15 larda Shovot tumani Beshmergan mahallasida joylashgan “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida xizmat olib borayotgan qo‘riqlash xodimi noma’lum shaxs tomonidan ziyoratgohga tegishli ehson qutisini ochishga urinayotganini ko‘rib, joyida qo‘lga olgan va navbatchilik qismiga xabar bergan.

Voqea joyiga yetib kelgan Shovot tumani qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda, ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ushbu shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli M.M. ekani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid