O‘zbekiston Afrikaning ikki davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar soni 155 taga yetdi.
O‘zbekiston Liberiya va Togo bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar soni 155 taga yetdi.
«Liberiya – biz bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 154-davlat bo‘ldi. Liberiya tashqi ishlar vaziri Sara Beysolov Nyanti xonim bilan bugungi uchrashuvda Qo‘shma kommyunike imzoladik. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari kelgusidagi hamkorlikning dastlabki kun tartibini muvofiqlashtirish va ishlab chiqishga kelishib oldik», deyiladi xabarda.
«Togo – biz bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 155-davlat bo‘ldi. Togo Respublikasi tashqi ishlar vaziri Rober Dyusse bilan birgalikda diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladik. Shubhasiz, Afrika qit’asi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlarimiz mavjud», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:09 / 26.10.2024
Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi boshqa sanaga qoldirildi
18:32 / 23.10.2024
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
23:05 / 22.10.2024
Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
20:47 / 26.09.2024