Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva BAA bosh vaziri o‘rinbosari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Prezident yordamchisining ta’kidlashicha, ushbu uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 27 sentabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.
«Ishonamanki, Toshkentdagi yuqori darajali forum doirasida o‘tkazilgan bu uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.



Avvalroq O‘zbekiston prezidenti yordamchisi ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan Qatarda uyushtirilgan davra suhbatida ishtirok etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025