Nepalda so‘nggi 50 yillikdagi eng kuchli yomg‘irlar kuzatilmoqda - fotosuratlar
Suv toshqinlari oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Nepalda 27-28 sentabr kunlari 1970 yildan buyon eng kuchli yomg‘irlar yog‘ib, ko‘chki va suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Mamlakat poytaxti Katmanduda shanba kuni 240 millimetr yog‘in tushgan — bu butun sentabr oyi uchun normadagidan ko‘p. Shaharning ko‘plab tumanlarini, shuningdek mamlakatdagi boshqa yuzlab aholi yashash manzillarini suv bosgan. Katmandu aholisining katta qismi elektr va aloqadan uzilgan, tabiiy ofat oqibatlarini bartarafda yordam ko‘rsatish uchun armiya jalb etilgan. Rasmiylar hozircha 112 kishi o‘limi haqida xabar berdi, yana o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan, qutqaruv amaliyoti davomida qurbonlar soni ortishi ehtimoli yuqori.
Mavzuga oid
20:51 / 03.11.2024
Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi
15:59 / 03.11.2024
Ispaniyada asrning eng vayronkor toshqini. To‘rt kun o‘tib yana nimalar ma’lum?
17:54 / 31.10.2024
Ispaniyadagi suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
16:20 / 30.10.2024